O'zbekcha - 1606 Nosozlikni hal qilish va profilaktikaNosozliklarni hal qilishAgar televizorda muammo bo‘lsa, avval ushbu ehtimoliy muammolar va yechimlarni ko‘ring. Muqobil ravishdae-qo‘llanmadagi Nosozliklarni hal qilish yoki Savol-javob bo‘limiga qarang. Agar bu maslahatlar ish bermasa,“www.samsung.com” saytiga borib, Support tugmasini bosing yoki shu qo‘llanma orqasida berilgan Samsungservis markazi bilan bog‘laning.• TFT LED paneli subpiksellardan tashkil topgan bo‘lib, ularni ishlab chiqarish uchun ilg‘or texnologiyakerak. Shunda ham ekranda bir nechta yorqin yoki qoramtir piksel bo‘lishi mumkin. Bu piksellar jihozningishlashiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.• Televizorni optimal holatda tutish uchun dasturiy ta’minotini yangilang. TV menyusidagi Hozir yangilashyoki Avtomatik yangilash funksiyalarini ishlating ( > Parametrlar > Qo'llab-quvvatlash > Dasturiyta'minot yangilanishi > Hozir yangilash yoki Avtomatik yangilash).Televizor yonmayapti.• Elektr kabeli televizorga va rozetkaga mahkam tiqilganini tekshiring.• Rozetka ishlayotganini va televizorning pastki qismidagi pult datchigi qizil rangda yonib turganinitekshiring.• Muammo pultda emasligiga ishonch hosil qilish uchun televizorning pastki qismidagi tugmasini bosibkoʻring. Agar televizor yonsa, “Masofaviy pult ishlamayapti” yechimiga qarang.Hech qanday tasvir/video/tovush yo‘q yoki tashqi qurilmadan buzuq tasvir/video/tovushchiqmoqda yoki televizorda “Kuchsiz signal yoki signal yo'q” yozuvi chiqqan yoki kanaltopib bo‘lmayapti.• Qurilma to‘g‘ri ulanganini va barcha kabellar oxirigacha tiqilganini tekshiring.• Televizor va tashqi qurilmalarga ulangan barcha kabellarni sug‘urib, qaytadan tiqib ko‘ring. Iloji bo‘lsa, yangikabel ishlatib ko‘ring.• Kirish manbasi toʻgʻri tanlanganini tekshiring ( > Manba).• Muammo televizorda yoki qurilmada ekanini aniqlash uchun televizorni diagnostika qildiring ( >Parametrlar > Qo'llab-quvvatlash > Qurilmaga qarov > O'zini-o'zi diagnostika qilish > Tasvirni sinab ko'rishyoki Tovushni tekshirish).• Agar sinash natijalari normal bo‘lsa, har bir qurilmaning elektr kabelini sug‘urib, qayta tiqish orqaliulangan qurilmalarni qayta ishga tushiring. Muammo hal bo‘lmasa, ulangan qurilmaning foydalanuvchiqo‘llanmasidagi ulash ko‘rsatmalariga qarang.• Agar kabel yoki sun’iy yo‘ldosh antennasi ishlatmayotgan bo‘lsangiz va televizor antennadan yoki devordagikabel ulanishidan signal olayotgan bo‘lsa, kanal qidirish uchun Avtomatik sozlash funksiyasini ishlating (> Parametrlar > Efirga uzatilayapti > (Avtomatik sozlash parametrlari) > Avtomatik sozlash).– Model yoki geografik joylashuvga qarab, Avtomatik sozlash parametrlari chiqmasligi mumkin.– Agar kabel yoki sun’iy yo‘ldosh antennasi ishlatayotgan bo‘lsangiz, ularning qo‘llanmasini o‘qing.