358 O'zbekYanchilgan qahvadan qahva damlashYanchilgan qahvadan qahva damlash uchun quyidagi oddiy amallarni bajarishingiz kerak.1 Yanchilgan qahva boʻlinmasining qopqogʻini oching va ichiga bir oʻlchovli qoshiqda yanchilgan qahvasoling. Keyin qopqoqni yoping.2 Ichimliklar belgisini bosing, chapdan oʻngga suring va ichimlikni tanlang.3 Yanchilgan qahva boʻlinmasi belgisini bosing.4 Sozlanuvchi panellarni yuqoriga va pastga surish orqali sozlamalarni xohishingizga moslashingizmumkin.5 Tanlangan ichimlikni damlashni boshlash uchun start/stop belgisini bosing.Agar birlamchi yanchilgan qahvani tanlasangiz, qahva qattiqligini sozlay olmaysiz va bir vaqtda birfinjondan ortiq qahva damlay olmaysiz.Qaynoq suv quyish1 Ichki kapuchinator mashinaga toʻgʻri biriktirilganini tekshiring (Rasm 1).2 Finjonni dispenser tagiga qoʻying.3 “Qaynoq suv” bandini bosing (Rasm 2).4 Qaynoq suv miqdorini yoki haroratini oʻzingizga kerakli qilib oʻzgartirish uchun sozlanuvchi panellarniyuqoriga va pastga suring (Rasm 3).5 Start/Stop belgisini bosing.6 Mashina yakunlashidan avval issiq suv quyishni toʻxtatish uchun start/stop belgisini (faqat SM8780,SM8782, SM8785) qayta bosing yoki stop belgisini (faqat SM8885, SM8889) qayta bosing.MoslashtirishBu mashina ichimlik xususiyatlarini sizning istagingizga qarab oʻzgartirish va oʻzgartirilgan ichimlikni shaxsiyprofilga saqlab qoʻyish imkonini beradi. Oʻz belgingiz va profil nomingizni tanlashingiz mumkin.BeanMaestro funksiyasi bilan donlarning eng yaxshi taʼminini olingBeanMaestro bilan donlaringiz turi va qovurilishini tanlashingiz mumkin. U keyin mashina qahva donlariningeng yaxshi taʼmini chiqarish uchun damlash sozlamalarini avtomatik optimallaydi.1 Asosiy menyudagi Donlar belgisini bosing (Rasm 4).2 BeanMaestro funksiyasini bosing (Rasm 5).3 Donlar turini tanlang. Arabica va Robusta aralashmasi orasidan tanlashingiz mumkin.4 Donlaringizning qovurilish darajasini tanlashingiz mumkin.5 Damlash sozlamalari avtomatik optimallanadi.6 Keyingi qahvangizdan bahra oling.