360 O'zbekMashina sozlamalarini oʻzgartirishAksariyat mashina sozlamalarini Sozlamalar belgisini bosib, ekrandagi koʻrsatmalarga amal qilish orqalisozlashingiz mumkin.Onlayn yordam xizmati (savol-javob, videolar va hokazo) uchun ushbu buklet muqovasidagi QR kodniskanerlang yoki www.saeco.com/care sahifasiga kiring.Suv qattiqligini sozlashMaqbul unumdorlik va mashinaning xizmat muddatini uzaytirish maqsadida, suvning qattiqliksozlamasini, mintaqangizdagi suvning qattiqlik darajasiga rostlashni tavsiya qilamiz. Bu mashinaniqasmoqdan tez-tez tozalashdan ham saqlaydi. Suv qattiqligining birlamchi sozlamasi 4 ta: qattiq suv.Mintaqangizdagi suvning qattiqlik darajasini aniqlab olish uchun qutidagi suvqattiqligini tekshirish kesmasidan foydalaning:1 Suv qattiqligini tekshirish kesmasini joʻmrak suviga botiring yoki uni joʻmrak tagida 1 soniya tutib turing(Rasm 12).2 1 daqiqa kuting. Tekshirish kesmasidagi qizil rangga boʻyalgan kataklarning soni suvning qattiqliginianglatadi (Rasm 13).Mashinani haqiqiy suv qattiqligiga sozlang:1 Sozlamalar belgisini bosing va “Suv qattiqligi” bandini tanlash uchun chapdan oʻngga aylantiring.2 Suv qattiqligi darajasini tanlang. Displeyda tanlangan qizil kataklarning soni, tekshirish kesmasidagi qizilrangga boʻyalgan kataklarning soniga teng boʻlishi lozim (Rasm 14).3 Suv qattiqligining toʻgʻri darajasini sozlagach, tasdiqlash uchun tasdiqlash belgisini bosing.Yanchish sozlamasini oʻzgartirishQahva doni idishi ichidagi yanchishni sozlash dastagi bilan qahva qattiqligini almashtirishingiz mumkin.Yanchish sozlamasi qancha pastroq qiymatda boʻlsa, qahva donlari shuncha maydaroq yanchiladi va qahvaoʻtkirroq boʻladi. Tanlashingiz mumkin boʻlgan 12 ta turli yanchish sozlamalari mavjud.Mashina qahva donlarining eng yaxshi taʼmini chiqarishga sozlangan. Shu sababli 100-150 finjon (taxminan1 oy foydalanish) qahva damlamasdan yanchish sozlamasini oʻzgartirmaslikni tavsiya qilamiz.Taʼmdagi farqni toʻliq his qilishingizdan avval 2-3 ta qahva damlashingiz kerak boʻladi.Yanchgich shikastlanishining oldini olish maqsadida, yanchishni sozlash dastagini bitta buraganda birqadamdan ortiq buramang.1 Asosiy menyudagi Donlar belgisini bosing.2 “Yanchgich” tugmasini bosing.3 Qanday qilib videosini tomosha qiling.Zavod sozlamalariga qaytarishMashina ichimliklarning birlamchi sozlamasini istalgan paytda tiklash imkoniyatini taqdim etadi.1 Sozlamalar belgisini bosing.2 “Birlamchi sozlamalar” bandini tanlash uchun chapdan oʻngga aylantiring. Tasdiqlash belgisini bosishorqali tasdiqlang.- Sozlamalar endi asliga qaytarildi.Quyidagi birlamchi sozlamalar asliga qaytarildi: suv qattiqligi, kutish rejimi vaqti, displey yorqinligi,tovush, old tomondan yoritish, profillar, idish chirogʻi, oʻlchovlar/birliklar, bosh ekran sozlamalari,BeanMaestro tanlovlari, Wi-Fi tarmoq axborotlari, dasturiy yangilanish tanlovlari, Saeco hisob maʼlumotlari,Amazon hisob maʼlumotlari.