361O'zbekAquaClean suv filtriMashinangizda AquaClean funksiyasi yoqilgan. Qahvangiz taʼmini saqlab qolish uchun AquaClean suv filtrinisuv idishiga qoʻyishingiz mumkin. Bu mashinangizda qasmoq toʻplanishini kamaytirib, qasmoqdantozalashga boʻlgan talabni pasaytiradi. AquaClean suv filtrini mahalliy yoki onlayn dilerdan yoki vakolatlixizmat markazlaridan xarid qilishingiz mumkin.AquaClean filtrining holat indikatoriAquaClean filtrining holati doim “Holat” menyusida foiz sifatida chiqib turadi.- AquaClean filtri holati 10% yoki undan kam boʻlsa, har safar mashinani yoqqaningizda ekran xabarni 2soniya koʻrsatadi. Bu xabar yangi filtr xarid qilishni tavsiya qiladi.- Agar filtrning holati 0% boʻlsa, har safar mashinani yoqqaningizda mashina sizdan AquaClean filtrinialmashtirishni soʻraydi.AquaClean suv filtrini faollashtirish (5 daq.)Mashina, filtr suv idishga qoʻyilganini avtomatik aniqlamaydi. Shu bois oʻrnatilgan har bir yangiAquaClean filtrini “Holat” menyusiga kirib faollashtirishingiz talab qilinadi.Mashina filtrni faollashtirish xabarini koʻrsatishni toʻxtatganida ham AquaClean suv filtrini hamonfaollashtira olasiz, biroq avval mashinani qasmoqdan tozalashingiz kerak boʻladi.AquaClean suv filtridan foydalanishni boshlashingizdan avval, mashinangiz qasmoqdan toʻliq tozalanganboʻlishi zarur.AquaClean suv filtrini faollashtirishdan avval uni quyida tavsiflanganidek suvga botirish orqali tayyorlab olishlozim. Agar bunday qilmasangiz, mashinaga suv oʻrniga havo kirib qolish ehtimoli mavjud. Bu oʻz oʻrnidajuda koʻp shovqin chiqishiga va mashina qahva damlashda toʻsqinlikka uchrashiga olib kelishi mumkin.1 “Holat” belgisini bosib, “AquaClean” bandini tanlash uchun chapdan oʻngga aylantiring.2 Faollashtirish ekrani chiqqanida tasdiqlash belgisini qayta bosing. Ekrandagi koʻrsatmalarga rioyaqiling.AquaClean suv filtrini almashtirish (5 daq.)Filtrdan 95 litr suv oʻtgandan keyin filtr ishlamay qoladi. AquaClean holati indikatori 0 foizga tushib, filtrniyangisiga almashtirish kerakligini eslatadi. Agar AquaClean suv filtrini vaqtida almashtirmasangiz, hamonfiltrni almashtirishingiz mumkin, lekin dastlab mashinani qasmoqdan tozlashingiz kerak boʻladi.AquaClean holat indikatori 0 foizga tushib ketganida yoki mashina sizga AquaClean filtrini almashtirishnieslatganida:1 eski AquaClean suv filtrini chiqaring.2 yangi filtrni “AquaClean suv filtrini faollashtirish (5 daq.)” bobida tavsiflanganidek oʻrnatib, faollashtiring.AquaClean suv filtrini, hatto mashina almashtirish zarurligini koʻrsatmasa ham, har 3 oyda almashtiring.Damlash guruhini chiqarish va kiritishEkranda “Holat” menyusiga kiring va “Damlash guruhini tozalash” bandini tanlang yoki kiritish va tozalashniqanday amalga oshirishga oid batafsil video koʻrsatmalarni www.saeco.com/care sahifasida tomoshaqilish mumkin.Mashinadan damlash guruhini chiqarish1 Xizmat eshigini oching (Rasm 15).2 Qahva qoldiqlari konteynerini chiqaring (Rasm 16).